Festival yakunlandi

Poytaxtimizdagi “City Makon” madaniy-ko‘ngilochar markazida sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Ekologik harakati hamkorligida o‘tkazildi.

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘smirlar o‘rtasida sog‘­lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarimizni ekstremal sport turlari bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, qolaversa, ularni sport orqali giyohvandlik, chekish kabi turli yomon illatlardan asrashdan iborat.

Mazkur tadbir ikki bosqichda o‘tkazilib, dastlabki bosqichda o‘smirlar ekstremal sportning skeytbord, rolikli konki, velosiped anjomlarida ko‘rgazmali chiqishlar turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ikkinchi bosqichda esa yosh sportchilar rolik, tog‘ velosipedda uchish, tog‘ turizmi tayyorgarligi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Tadbir so‘nggida g‘olib sportchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’rifat TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2012-42)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: