Qovoq urug‘i parazitlarni tushiradimi?
Haqiqatan ham qovoq urug‘ini xomligicha quritib, ichidagi mag‘zi nahorga yeyilsa, gijjalarni tushirishga yordam berishi mumkin. Ammo bu ko‘makchi vosita bo‘lib, shifokor buyurgan asosiy muolaja bilan birgalikda bajarilsa naf berishi mumkin. Bordi-yu faqat qovoq urug‘i iste’mol qilinishi bilan kifoyalansangiz, natija kutilganidek bo‘lmaydi. Qovoq urug‘i yeyilganida sut-qatiq mahsulotlari iste’mol qilinmasligi lozim.