Vaqtida uxlashning qanday foydalari bor?
Melatonin (kechqurun tanada ishlab chiqariladigan gormon) bu tunggi gormondir. Uni ba’zan “Drakula gormoni ” deb ham ataladi. Ushbu gormon quvvati, bor yo‘g‘i yarim soatgina ishlab chiqariladi. Shuning uchun bu vaqtda uxlash juda muhim.
Sog‘lom uyqu juda ko‘p kasalliklar xavfini kamaytiradi: semizlik, immunitet buzilishi, yurak-qon tomir kasalliklari. Tanadagi ko‘plab jarayonlar uyqu bilan tartibga solinadi. Jumladan, ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan miya yarim shari, uyqu paytida ichki organlardan axborotni qayta ishlashni ta’minlaydi. Miya — bu kompyuter. Miya uxlamaydi. Aksincha u uyquda faolroq ishlaydi.
Olimlar, odatdagi 7-9 soat uyqudan 1 soatini kamaytirish, turli kasalliklar uchun javobgar bo‘lgan 400 ga yaqin genlarni bir necha hafta ichida buzilishiga olib kelishini isbotladilar. Lipit metabolizmini tartibga solish buzilgandan so‘ng oshqozonda ham o‘zgarish yuz beradi. Uyqusiz odamning yuqori kaloriyali ovqatlarga bo‘lgan ehtiyoji oshadi. Natijada esa ortiqcha vazn yig‘ishga sabab bo‘ladi.
JABBORLI