TA’LIM SAMARADORLIGI: ISTIQBOLLI REJALAR

Mamlakatimizda amalda bo‘lgan ta’lim siyosati o‘qituvchi va murabbiylar kasbini ulug‘lash, ularning obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilgandir. Ta’lim samaradorligini ta’minlashda pedagog kasb mahorati, uning bilim va ko‘nikmasi muhim omillardan sanaladi. Shu sabab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglar malakasiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ayni vaqtda xalq ta’limi tizimida 416188 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Hukumatimiz pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha izchil amalga oshirilgan ishlar natijasida 1992-2012 yillar davomida Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi jami 3449 nafar ustoz va murabbiylar turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandi. Bu ham bo‘lsa hukumatimiz tomonidan aziz ustozlarimizga nisbatan e’tibordan dalolatdir. Yana bir yuksak e’tibor 1 oktyabrning “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb e’tirof etilishi va umumxalq bayrami sifatida nishonlanishidir. Shu munosabat bilan joriy yilning 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi — barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili” mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida o‘tgan davr mobaynida xalq ta’limi tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari haqida batafsil to‘xtaldi. Xususan, ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, informatika va xorijiy tillarni o‘qitish quyi sinflardan boshlab yo‘lga qo‘yilib, tizimining takomillashtirilgani haqida so‘z bordi. Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablari uchun yangi o‘quv binolarining qurilishi, ularning zamonaviy tarzda jihozlanishi, ularda tarbiyalanayotgan yosh iste’dod egalarining nufuzli xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtiroki; bolalar sportini ommalashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar, yangidan-yangi zamonaviy sport inshootlarining qurilishi va jihozlanishi; yangi o‘quv yili mobaynida ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan vazirlikning istiqbolli rejalari haqida axborot berildi.

E’tirof etish joizki, 2012 yilda yurtimizda jami 170 ta sport inshootlarining qurilish-tiklash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 1 sentyabr holatiga respublika bo‘yicha jami 121 ta sport inshootlari qurildi. 2009-2012 yillarda 175 ta bolalar musiqa va san’at maktablari qurilib foydalanishga topshirildi. Ular zamonaviy o‘quv qurollari bilan jihozlandi.

Olib borilayotgan islohotlar bugundanoq o‘z mevasini bermoqda. Iqtidorli yoshlarimiz turli nufuzli xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, vatanimiz shuhratini yoymoqda. Birgina 2012 yilda Respublika musiqaga ixtisoslashtirilgan akademik litseylari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining 50 nafar iqtidorli o‘quvchilari Fransiya, Gremaniya, Italiya, Polsha, Rossiya davlatlarida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro musiqa tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yana o‘qing:  Ayollar maslahatxonalarida xotin-qizlarga malakali akusherlik va ginekologik ambulator yordam ko‘rsatiladi

Shavkat XO‘JAQULOV

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi matbuot xizmati xodimi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: