Til bayramiga bag‘ishlandi

Jizzax tumanidagi 1-umumta’lim maktabida «Til – millat ko‘zgusi» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirda oliy toifali pedagog, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Azamat Shodiyevning «Til – millat ko‘zgusi», tajribali pedagoglar – Sindor Ismoilovning «Tilga e’tibor – elga e’tibor», Mashhura G‘ulomovaning «Davlat tili haqida» kabi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi va yoshlar o‘rtasida qiziqarli bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad o‘quvchilarga ona tilining o‘ziga xosligini namoyon etishdir. O‘qituvchilar ona tilimizning qonun-qoidalari, shuningdek, bugungi kunda rivojlanish jarayonida unga ta’sir ko‘rsatayotgan turli omillar hamda uni bartaraf etish bo‘yicha choralar xususida o‘quvchilar bilan fikr almashdilar.

Dilorom KO‘ChIMOVA,

Jizzax tumanidagi 1-umumta’lim maktab o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Sog‘lom hayot sari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: