Sportchilarimizning yana bir muvaffaqiyati

Futbol bo‘yicha nogiron sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi xalqaro turnirda O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Toshkent xalqaro aeroportida g‘olib sportchilarimizni keng sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.

Jismoniy imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizning xalqaro miqyosdagi turli nufuzli sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ommaviy sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning samarasidir.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 2007 yili Turkiyada, 2010 yili Argentinada va 2012 yili Rossiyada o‘tgan jahon chempionatlarida ketma-ket uch marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Suxumi shahrida o‘tkazilgan mazkur xalqaro turnirda ham terma jamoamiz tajriba va mahorat, matonat va jasorat bobida tengsiz ekanini ko‘rsatdi. Finalga qadar barcha raqiblarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan sportchilarimiz hal qiluvchi bahsda «Grozniy» (Rossiya) jamoasi ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

– Musobaqada g‘olib bo‘lganimizdan behad xursandmiz, – deydi futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi sardori, «Jasorat» medali va «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibi Abdujamil Shukurov. – Mazkur turnir terma jamoa­miz uchun shu yilning noyabr oyida Eronda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qildi. Qit’a chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritishni niyat qilganmiz.

Yana o‘qing:  Astrofiziklar ulkan qora tuynukni kashf etdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: