Inson pardoz qilishni qachondan boshlagan?

Kundalik hayotimizda sovun, shampun, tish pastasi, qo‘l va oyoq uchun kremlar har doim zarur bo‘lib kelgan. Kosmetik vositalardan yetarlicha foydalanyapmiz, lekin uning tarixi qachonga borib taqalishi to‘g‘risida ma’lumotga egamizmi?

Quyida kosmetikaning kelib chiqish tarixi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

Afrikaning ayrim qabilalari o‘zlarini dushmandan himoyalash, ularni qo‘rqitish maqsadida tanasini yuzlarini turli bo‘yoqlar bilan bo‘yab yurishgan. Maya hindulari esa asosan qirmizi bo‘yoqdan foydalanishgan.

Kosmetikadan haqiqiy go‘zallik maqsadida bundan 5000 yil ilgari Misr malikalari foydalana boshlagan. Ular yanoqlarini bo‘yash uchun ayrim meva shiralaridan, dudoqlarini bo‘yash uchun esa temir oksidi va gel qorishmasidan, qo‘l-oyoqlarini bo‘yash uchun tabiiy xinadan foydalanishgan.

Mashhur Misr malikasi Kleopatra o‘z go‘zalligi va jozibasini saqlab qolish va yanada go‘zal bo‘lish uchun turli tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan niqoblardan foydalangan.

Misrdan so‘ng Yunoniston va Rimda kosmetik vositalar yaratishga ishtiyoq uyg‘ondi. Kosmetika so‘zining ma’nosi ham aynan yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, «cosmo» – «bo‘yanish san’ati» degan ma’noni anglatadi.

Makedoniyalik Iskandar saroyida xitoylik xonimlar ham bo‘lib, ular bo‘yanishni xush ko‘rar edilar. Ular nafaqat yuzlarini, balki soch ranglarini ham tez-tez o‘zgartirib turishardi. Saroydagi har bir qiz pardoz vositalarini bemalol qo‘llay olardi.

Shuni ta’kidlash joizki, shampun, sovun, lasyonni ilk bora rimliklar yaratishgan va amalda qo‘llab ko‘rishgan. Qolaversa, rimlik xonimlar yanada go‘zal bo‘lish uchun sut va sut mahsulotlaridan juda ko‘p foydalangan.

O‘sha davrdan boshlab, pardoz vositalari Yevropa mamlakatlarida keng yoyila boshladi. Jumladan, fransuz xonimlari dekorativ kosmetikadan foydalanishni xush ko‘rishgan.

Kosmetika sohasining tom ma’noda rivoj topishi o‘rta asrlarga borib taqaladi. Jumladan, 1190 yilda qirol Filipp sohani yanada rivojlantirish uchun farmon berdi, natijada ko‘plab pardoz vositalari yaratildi.

1917 yilda kiprik uchun maxsus bo‘yoq-tush yaratildi. Biroz vaqt o‘tgach, tush uchun quti ham ishlab chiqila boshlandi.

Bugungi kunga kelib kosmetika sohasi eng rivojlangan sohalardan biriga aylandi.

Shoxruh NURULLAYEV tayyorladi

Yana o‘qing:  Ichki turizm: ham sayohat, ham ziyorat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: