Jamg‘arma faoliyatidan (2012/40)

Toshkent viloyati

jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Bekobod shahar Mustaqillik, Samar-qand, Turkiston mahallalarining jami 106 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 67 nafarini tug‘ish yoshidagi ayollar tashkil etadi. Tibbiy tekshiruvlar jarayonlaridan aholiga dori-darmonlar va bukletlar tarqatildi.

Buxoro viloyati

jamg‘armaning mintaqaviy filiali viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda kam ta’minlangan va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamiga nogironlik aravachalari tarqatildi.

Namangan viloyati

jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Yangiqo‘rg‘on, Norin hamda Pop tumanlarining 9 ta qishloq va 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi 353 ta kam ta’minlangan oilalardagi 2936 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Andijon viloyati

jamg‘armaning mintaqaviy filiali viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Oila” ilmiy amaliy markazining bo‘limlari hamkorligida “Sog‘lom avlod sog‘lom kelajak” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi.

Tibbiy ijtimoiy-patronaj ko‘chma brigadalari 9 oy davomida respublika bo‘yicha 809 ta qishloq va 2128 ta mahallalardagi oilalarning ijtimoiy sharoiti, undagi psixologik muhit, oila a’zolarining, ayniqsa, tug‘ish yoshidagi ayollar, bolalar va o‘smirlarning sog‘lig‘i o‘rganildi. Bundan tashqari oilada sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Ixtisoslashtirilgan maktablar: ushbu ta’lim maskanlariga o‘quvchilar qanday tanlab olinadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: