Yoshlar salomatligiga qaratilgan loyiha

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning oktyabr oyidan dekabr oyigacha mamlakatimizda «Yoshlar – chekishga qarshi!» shiori ostida keng ko‘lamli loyihani amalga oshiradi. Kuni kecha «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida loyihaning maqsad va vazifalari, uning doirasida rejalashtirilgan tadbirlar haqida so‘z yuritildi.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan «Yoshlar – chekishga qarshi!» loyihasi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, keng aholi qatlamini «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonunning mazmun-mohiyati haqida xabardor qilishga qaratilgan.

«Yoshlar – chekishga qarshi!» loyihasi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Joylarda maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, talabalar, mahallalardagi yigit-qizlar ishtirokida axborot tadbirlari o‘tkaziladi. Ularda harakat faollaridan iborat murabbiylar o‘z tengdoshlariga zamonaviy interfaol uslublardan foydalangan holda chekishning halokatli oqibatlari haqida so‘zlab beradi. Shuningdek, tadbir doirasida mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi ko‘ngillilar tarmog‘ini shakllantirish va loyiha ko‘lamini kengaytirish ham rejalashtirilmoqda.

Ikkinchi yo‘nalishda bevosita tamaki mahsulotlari sotiladigan joylarda targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi. Do‘kon sotuvchilari va egalari alkogolli mahsulotlar tarqatish va iste’mol qilishni cheklash haqidagi qonunning mohiyati va maqsadi to‘g‘risida zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga bunday mahsulotlar sotiladigan joylarda chekishning zarari haqidagi axborot va mazkur qonundan ko‘chirmalar, shuningdek, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefonlari raqami yozilgan plakatlar osiladi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Tovusdek xirom aylab...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: