Barkamol avlod tarbiyasi – ustuvor vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida «Uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Abdug‘ani Xolbekov so‘zga chiqib, joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan 410 ming 654 nafar o‘qituvchilarning 306 ming 832 nafari, ya’ni 73,7 foizi oliy ma’lumotga ega ekanligi ta’lim-tarbiya jarayonlarini mazmunan boyitish va uning samaradorligini oshirishda pedagoglar kompetentligi, ularning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi. Shuningdek, ana shu maqsadda respublikada 14 ta hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish ins­titutlari hamda Xalq ta’limi rahbar xodimlarining malakasini oshirish markaziy institutida masofaviy ta’lim resurs markazlari tashkil qilingani va masofadan malaka oshirish kurslarining tinglovchilari soni yildan-yilga ortib borayotganini ta’kidladi.

Anjumanda o‘tilganidek, maktablarga yosh kadrlarni jalb qilish, yosh iste’dod sohiblarini ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini ta’minlash masalasiga ham e’tibor qaratib kelinmoqda. Joriy yilda oliy o‘quv yurtlarini grant asosida bitirgan 7 ming 65 nafar yosh mutaxassislarning maktablarga ishga qabul qilingani ham olib borilayotgan ishlar samaradorligini ko‘rsatib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchi va pedagoglar orasida ilg‘or tajribalarni aniqlash, ularni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi», «Yilning eng yaxshi direktori», «Yilning eng yaxshi psixologi», «Yilning eng yaxshi uslubchisi» kabi respublika ko‘rik-tanlovlari ham bu borada muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, anjumanda 2013-2014 o‘quv yilida 533 ming 658 nafar 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish bo‘yicha mutasaddi vazirliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilgani ushbu ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni joriy yilda ilk marotaba «online» tarzida ishlaydigan kompyuter dasturidan foydalangan holda tashkil etilgani xususida so‘z bordi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 58 ta oliy ta’lim muassasalari, 11 ta­ respublika markaziy oliy o‘quv yurtlarining viloyatlardagi filiallari, 6 ta yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari filiallari magistratura mutaxassisliklari va bakalavriatning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy-ta’lim dasturlari amalga oshirilmoqda. Anjumanda ta’kidlanganidek mustaqillik yillarida oliy ta’lim muassasalari soni ikki barobarga oshgan. Respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida 22 ming nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yana o‘qing:  Ko‘zingizni asrang

Tadbir so‘nggida OAV xodimlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: