Semirtiradigan yog‘lar mavjudmi?
Tana vaznining ortishi uchun qo‘llaniladigan uqalash muolajalarining turlari bor. Ammo bu jarayonda foydalaniladigan yog‘lar semirtirish xususiyatiga ega emas. Tana vazningizni me’yorga keltirishni istasangiz, ovqatlanish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ying. Kaloriyaga boy mahsulotlarni iste’mol qiling. Agar tana vazningiz keskin kamayib ketayotgan bo‘lsa, lyamblya, gijjalar bor-yo‘qligiga tahlil o‘tkazish lozim. Shuningdek, qalqonsimon bez faoliyatiga doir o‘zgarishlar, xususan, bo‘qoq bo‘lganida ham vazn kamayishi kuzatiladi.