Yangi transport turi
“S-Walker” nomli nemis kompaniyasi S-Walker Board – yangi transport turini taqdim etdi. Ikki g‘ildirakli, muvozanatni avtomatik ravishda saqlaydigan va elektr quvvatida ishlaydigan bu qulay transport turining eng muhim jihati shundaki, u atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Mashina Segway kabi ikkita g‘ildirak o‘rnatilgan, lekin skeytbord kabi yon tomonga harakatlanadi. Yurish yo‘nalishi tomonga qarab egiltirsangiz harakatlanishni boshlaydi, orqa tomonga egiltirsangiz to‘xtab, orqaga harakatlanishni boshlaydi. S-Walker Board ustida oyoqlarni ketma-ket qimirlatish evaziga tezroq burilishga erishish mumkin.
Ushbu transport turiga ikkita 250 vattlik motor o‘rnatilgan, ular qayta zaryadlash mumkin bo‘lgan batareyalardan quvvat oladi. Batareya quvvati 80 kilogrammlik vaznni 20 km masofagacha olib borishi mumkin. Batareya bir soatda to‘liq quvvat yig‘ib oladi. U bilan 6 km/soat tezlikda harakatlanish mumkin, lekin tajribali foydalanuvchilar 10 km/soat tezlikkacha ko‘tarila oladilar. Kompaniya S-Walker Board uchun 930 dollar narx qo‘yishni mo‘ljallamoqda.