Xorioretinit nima degani?
Xorioretinit ko‘z tubidagi o‘zgarish bo‘lib, organizmdagi surunkali yallig‘lanish jarayoni yuzaga kelganida mikroblar qon orqali ko‘zgacha yetib kelib, ushbu a’zoni zararlaydi. Tomoq, burun va nafas yo‘llari kasalliklarining tez-tez qaytalanishi infeksiyaning ko‘zga asorat berishiga sabab bo‘ladi. Xorioretinitda ko‘rish o‘tkirligi pasayadi. Shifokor ko‘rigidan so‘ng to‘g‘ri tashxis qo‘yilib, antibiotik va gormonal preparatlar buyuriladi. Xastalikni o‘z vaqtida davolash g‘oyat muhimdir. Agar buning aksi bo‘lsa, ko‘z to‘r pardasida chandiq yoki to‘r pardaning ko‘chishi kabi asoratlar yuzaga kelishi mumkin.