Dilkash davra suhbati
Kuni kecha Toshkent viloyati “Meros” to‘yxonasida “Nodira savdo” MCHJ qoshidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘quv markazi tinglovchilari va O‘zbekiston “Relfak Silat” Toshkent viloyati Federatsiyasi sportchilari bilan “Dilkash davra suhbati” deb nomlangan ochiq muloqot va qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.
Tadbirga aktyor va erkin ijodkor Shohista Mirsagatova va Xushnudbek Safutdinov boshlovchilik qildi.
Uchrashuvda federatsiya rahbari, 18 karra jahon chempioni, olti marta O‘zbekiston chempioni Odiljon Normatov kikboksing bo‘yicha 18 karra O‘zbekiston xalqaro turnirlari g‘olibi, professonallar o‘rtasida 60 60 kg. vazn toifasida oltin kamar sohibi va jahon chempioni. Hozirgi kunda O‘zbekiston “Penchak silat” toshkent viloyati federatsiyasi rahbari hamda uning shogirdi, kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston va xalqaro turnirlar g‘olibi, Osiyo chempioni, hozirgi kunda “Mir fight “sport klubi bosh murabbiysi, “Penchak silat” Toshkent viloyati federatsiyasi Prezidenti Qobiljon Jalolov so‘zga chiqib sport sohasiga kirib kelishlari, erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berishdi. Shundan so‘ng nogironligi bo‘lgan yoshlarning savollariga sportchilar javob berdilar.
Uchrashuvda havaskor va ijodkor nogironligi bo‘lgan yoshlarning chiqishlari bo‘ldi.
Shuningdek, federatsiyaning bir guruh yosh sportchilari sportnig yangi yo‘nalishi bo‘lgan pinchak silat yo‘naligida chiqishlar qildilar.
Tadbir so‘ngida “Meros” to‘yxonasi o‘z xayriya dasturxonini totiq qildi.
Dilkash suhbat ko‘ngli o‘ksiklarning qalbiga nur va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Maryam Ahmedova