BILASIZMI?
“Apple” kompaniyasi 12 sentyabr kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida “IPHONE 5” smartfonini namoyish etdi. Bu haqda “Lenta.Ru” internet-nashri xabar bermoqda.
Kompaniya vitse-prezidenti Fil Shillerning so‘zlariga ko‘ra, qurilma “to‘liq shisha va alyuminiydan tayyorlangan” (qurilmaning orqa qismi alyuminiyli hisoblanadi). U o‘zining “ajdodlari”ga nisbatan yengil va ingichkadir. Smartfonning qalinligi 7,6 millimetrga teng bo‘lgani holda, og‘irligi 112 grammdir.
Yangi smartfon, “IPHONE 5”dan farqli o‘laroq, LTE tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. “IPHONE 5”da A6 protsessori ishlatilgan. Shillerning qayd etishicha, avvalgi model bilan taqqoslaganda yangisining samaradorligi va grafik tizimi ikki barobar o‘sgan.
Apparat kutish rejimida, quvvatlantirishsiz — 225 soat, video tomosha qilish jarayonida — 10 soat, 3G tarmog‘iga ulangan holda so‘zlashuv rejimida esa 8 soat davomida ishlab turishi mumkin.
“IPHONE 5”ning asosiy kamerasi ajrata olishi 8 pikselga teng. Ob’yektiv sapfir shishasidan tayyorlangan. Foydalanuvchi smartfon kamerasidan foydalangan holda panoramali rasmlar olishi mumkin.