Qoyatoshlardagi nodir durdonalar

Nurota va Morguzar tizma tog‘lari kesishgan joyda G‘o‘bdin qishlog‘i joylashgan. Uning aholisi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Keng yaylovlarda yoyilib yurgan qo‘y-qo‘zilarning ko‘payishi uchun shart-sharoit yetarli bo‘lganligidan aholining turmush tarzi yildan-yilga yaxshilanib, farovonlashib bormoqda.

Biz bu yerda maktabimizning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan bo‘lgan kunimiz baland qoyatoshlarda tog‘ echkisi, arxarlar, uy hayvonlari, suruv ortidan chopayotgan cho‘pon kabi ko‘plab suratlarga ko‘zimiz tushdi. Ushbu san’at asarlari qoyatoshlarga o‘yib ishlangan bo‘lib, o‘lkamizning nodir durdonalari hisoblanadi. Aholi maskanidan ancha uzoqda hamda shamol va yog‘ingarchilik kam miqdorda bo‘lganligi sababli bu tasvirlar bugunga qadar yaxshi holatda saqlanib qolgan. Ayniqsa, suratlar quyosh osmonga tik ko‘tarilganda yoki yomg‘irdan so‘ng yanada yorqin, aniq ko‘zga tashlanadi. Mazkur tasvirlar o‘z davrining mohir rassomlari tomonidan toshlarga o‘yib ishlangan.

Har bir toshning o‘ziga xos xususiyati bor. Ulardagi noyob durdonalarning konturlari aniq va ravshan ifodalangan. Musavvir tomonidan suratning har bir qismi (detali) mohirona bajarilgan. Ushbu tasvirlarni ko‘zdan kechirarkanmiz o‘tmishda ham o‘lkamiz tabiati boy va xilma-xil bo‘lganligi, uy hayvonlarining ko‘payishi uchun shart-sharoitlar mavjud ekanligini bilib oldik. Shuningdek, safarimiz davomida qadimiy tosh o‘choq, mehnatdan so‘ng hordiq chiqarishga mo‘ljallangan ulkan toshlardagi bir nechta ayvon va supalarni ham ko‘zdan kechirdik. Ulardan o‘tmishdagi ajdodlarimizning qanday foydalanganliklarini ham bilib oldik.

Umuman olganda G‘allaorol tumani xududida joylashgan G‘o‘bdin qishlog‘idagi qoyatoshlarda jami 300 dan ortiq suratlar mavjud ekan. Ular nodir asarlar hisoblanib, hayratimizni yanada orttirdi. Ayniqsa, sayohatga kelgan o‘quvchilarning taassurotlari boyib, ular vujudida yanada kuch-g‘ayrat va shijoat jo‘sh urdi.

 

Gulnora HAYDAROVA,

Jizzax shahridagi 19-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Tilga e’tibor – elga e’tibor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: