Yoshlar anjumani

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Milliy universiteti «Madaniyat» saroyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad globallashib borayotgan davrda yoshlarni «ommaviy madaniyat» xurujlaridan asrash, axborot texnologiyalari, xususan internet orqali kirib kelayotgan ma’naviy tahdidlarga nisbatan yoshlarda kuchli immunitetni shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, anjuman doirasida talaba qizlarning o‘quv dargohlarida kiyinish va o‘zini tutish madaniyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish, ayniqsa, mahalla hayotiga yoshlarni kengroq jalb etish, xonadonlar obodligi va ozodaligini saqlashda qizlarning ishtirokini yanada kuchaytirish to‘g‘risida mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Mazkur tadbirda «Obod turmush yili»da mahallamga qanday ko‘mak berdim?» mavzusiga yo‘naltirilgan topshiriqlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahridagi 33 ta oliy o‘quv yurtlarining talabalari o‘z taqdimotlarida mahallasida yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, hamda tengdoshlari hayotidagi ba’zi muammoli vaziyatlarni bartaraf etishda ularning o‘zlari faol bo‘lishlari zarurligini ta’kidladilar.

G‘oliblarga tashkilotchilarning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nodira ZAYNUTDINOVA,

O‘zDJTU talabasi

Yana o‘qing:  Ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash tizimi joriy etiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: