Kuzning injiq ob-havosida: mavsum uchun maslahatlar

Kuz – odam organizmi qanchalik mustahkamligini jiddiy sinovdan o‘tkazuvchi davr. Har bir inson vujudi bu davrda turlicha ta’sirlanadi. Kimningdir maza qilib uxlagisi kelsa yana birov uyqusizlikdan aziyat chekadi. Ayrim kishilarning bo‘lar-bo‘lmasga jahli chiqadi.

Mutaxassislar fikricha turli kasalliklar, ayniqsa, kuz faslida tez-tez “bosh ko‘taradi”. Ular haqida bilib olsak salomatligimiz borasidagi muammolarning oldini olish choralarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Yilning bu faslida tabiatda jiddiy “qayta qurish” yuz beradi. Biz esa shu tabiatning bir bo‘lagimiz. Umuman olganda buyuk tabib, tabobot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning ta’biri bilan aytganda kuzda xiltlar qo‘zg‘aladi. Shunday ekan organizmimiz ham kun sovushiga, quyoshli kunlarning esa asta-sekin kamayishiga moslashish uchun harakat qiladi.

Bu mavsumda angina (bodomcha bezlarning yallig‘lanishi), laringit, traxeit, sistit (qovuq yallig‘lanishi), bod (revmatizm), piyelonefrit, qalqonsimon bez faoliyati hamda asab tizimining buzilishi kabi xastalik-lar ro‘yxatini uzoq davom ettirish mumkin.

Bu davrda immunetitni mustahkamlash uchun mutaxassis bilan maslahatlashgan holda yengil dori-darmonlar qabul qilishingiz yoki xalq tabobatida qo‘llaniladigan tabiiy dori vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Xazonrezgi faslida depressiya (tushkunlik), stress (ruhiy zo‘riqish) immun tizimga ziyon yetkazadi. Shu sababli quyida ushbu xastaliklarning oldini olish haqida to‘xtalamiz.

Avvalambor, chakanda rezavor mevani muzlatgichga g‘amlab qo‘ying. 1-2 choy qoshiq uning mevasini shakar bilan aralashtirib iste’mol qilsangiz organizmning vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi. Yana malina (xo‘jag‘at) va maymunjon mevasining teng miqdorda shakarga aralashtirilgani ham xuddi shunday ta’sirga ega bo‘ladi.

Yara kasalliklari (masalan, me’da yarasi) zo‘rayganda og‘riq xurujini bir chimdim tuz qo‘shilgan sut bilan qoldirish mumkin. Ammo, bu shoshilinch chora va uni butkul sog‘ayish uchun qo‘llash samarasizdir. Bunday holatda oziq-ovqat qo‘shimchalari va giyohli damlamalarni unuting. Aks holda o‘zingizni jiddiy xavfga qo‘yishingiz mumkin. Bo‘g‘imlarni ehtiyot qiling. Agar bo‘g‘imlaringizda mavsumiy og‘riq yuzaga kelsa V guruhi vitaminlarini shifokor tavsiyasi bilan qabul qiling. Ular asab tolalari va bo‘g‘imlarning tog‘aydan iborat yuzalari oziqlanishini yaxshilaydi. Shuningdek, kalsiy moddasi ham suyaklar mustahkamligi uchun foydalidir.

Gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)lardan ehtiyot bo‘ling. Kasallikning ilk alomatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling. Yelvizakli joylardan qoching. O‘zingizni issiq tuting. Suv va boshqa suyuqliklardan ko‘proq iching. Epidemiya davrida odam gavjum joylardan uzoqroq bo‘ling.

Yana o‘qing:  Chivindan himoyalovchi bilaguzuk

 

Sayyora XOLOVA,

terapevt

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: