Bemor bolalar sog‘lomlashtirildi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi mana chorak asrdirki, yurtimizda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarda qator xayrli loyihalarni hayotga tatbiq etib kelmoqda. Quvonarlisi, bu ezgu ishlarni amalga oshirishda fond bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

2018 yilning may oyida ­O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, “Suadjin” (Koreya Respublikasi) hamda “Sedjong” gospitali (Koreya Respublikasi) o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida joriy yilning 12 sentyabridan 1 oktyabriga qadar yurtimizdagi 12 nafar bemor bola va ularning kuzatuvchilari tug‘ma yurak nuqsoni bo‘yicha bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazish maqsadida Koreya Respublikasida bo‘lib qaytdi. Ularga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jamg‘armasi Boshqaruvi Raisi Svetlana Inamova va Qoraqalpog‘iston Respub­likasi hududiy boshqarmasi direktori ­O.Egamberdiyev hamrohlik qildi. Quvonarlisi, barcha jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

 

– Qizim Kausar Farhadova may oyida Toshkent pediatriya tibbiyot ins­tituti klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bolamga tug‘ma yurak nuqsoni tashxisi qo‘yildi va Koreya Respub­likasida operatsiya qilish uchun yo‘llanma berildi. Koreyaning “Sedjong” kasalxonasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Qizim bilan men ham ushbu mamlakatda bo‘lib qaytdim. Shuni alohida aytish lozimki, Koreyada farzandlarimizga barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bundan boshimiz ko‘kka yetdi. Fursatdan foydalanib dilbandlarimizni sog‘-salomat bag‘rimizga qaytishida katta ko‘makchi bo‘lgan fond jamoasiga o‘zimning chuqur minnatdorligimni bildiraman, – deydi qoraqalpog‘istonlik  Nasiba Yelmanova.

 

“Sog‘lom avlod uchun” fondining ushbu xayriya tadbiri “Suadjin” jamg‘armasi bilan hamkorlikda yuqori saviyada tashkil etildi. Safar davomida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Boshqaruvi Raisi S. Inamova  respublikamizdagi kam ta’minlangan, yordamga muhtoj aholi qatlamiga tibbiy va insonparvarlik yordamini jalb qilish borasida Koreyadagi davlat tuzilmalari, nodavlat tashkilotlar, xayriya jamg‘armalari, tadbirkorlar va homiylar bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdi. Jumladan, «Himchan Hospital Joints and Spines» gospitali direktori Li Su Chan bilan o‘zbekistonlik uch nafar bemor bola oyoqlarining ortopedik nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘­yi­cha kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, Inxa universiteti klinikasining tashqi aloqalar direktori Song Jon Xo bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida “Sog‘lom avlod uchun” fondi bilan olib borilayotgan qo‘shma loyihalarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Yana o‘qing:  O‘SMIRLIK G‘O‘RLIK DEGANI EMAS

“Sooncheon Foundation Chung Hospital” gospitili vitse-prezidenti bilan bo‘lgan uchrashuv ham muhokamalarga boy bo‘ldi. Uchrashuvda bolalar uchun ortopedik operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha xayrli ishlar, shuningdek, tug‘ma nuqsonli kasalliklarni davolash hamda bolalar serebral falaji va boshqa xastaliklar bo‘yicha loyihalar muhokama etildi. “Ajou University Hospital”  gospitali  prezidenti Sang-Uk Xan bilan o‘tkazilgan muzokarada tomonlar onkologik, gematologik va yurak-qon tomir xastalik­lari sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Har bir uchrashuv yakunida Koreyadagi tashkilotlar hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi o‘rtasida bitimlar imzolandi.

 

Vasila PO‘LATOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: