O‘zbekistonda Ozarboyjon tarixi va davlatchiligi muzeyi ochildi
Poytaxtimizdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida rekonstruksiya ishlaridan keyin “Ozarboyjon tarixi va davlatchiligi” nomli muzeyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat markazi foyesida ishtirokchilarga “100 yillik Respublikamiz” nomli fotoko‘rgazma namoyish etildi. Muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad – o‘zbek eliga Ozarboyjon xalqining qadimiy tarixi va boy madaniyatini yetkazish va targ‘ib etishdan iborat.