Dorilar imtiyozli retsept asosida kimlarga bepul beriladi?
O‘zbekistonda tegishli ro‘yxatga asosan dori vositalari imtiyozli retsept asosida bepul beriladigan shaxslar bor.
Quyidagi shaxslarga tegishli ro‘yxatga asosan dori vositalari davolovchi shifokor tomonidan yozilgan imtiyozli retsept asosida bepul beriladi:
- onkologik kasalliklarga chalinganlar;
- sil kasalligiga chalinganlar;
- moxov kasalligiga chalinganlar;
- endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
- ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
- OIV kasalligini yuqtirganlar;
- yurak klapanini protezlash va tana a’zolarini ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
- 1941–1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, hamda Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan – nogiron shaxslar, baynalmilalchi jangchilar;
- harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.