Aziz Abduhakimov: O‘zgarishlarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga muvofiq

Yaqin yillarda sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishini shartli ravishda uch bosqichga taqsimlash mumkin. O‘zgarishlarning barchasii Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga muvofiq eng yaxshi zamonaviy profilaktika, kasalliklar diagnostikasi va davolash tajribasi bilan xarakterlanadi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov yaqin o‘n yilda respublika tibbiyot muassasalari faoliyatida kuzatiladigan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi.

2019–2020 yillarga to‘g‘ri keluvchi birinchi bosqichda sog‘liqni saqlash tizimini qayta yo‘naltirishni rejalashtirayapmiz. Shifokorlarning asosiy vazifasi kasalliklar profilaktikasi bo‘ladi. Buning uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordam tarmog‘ini optimallashtirish jarayonini o‘tkazish, faoliyatni bemorning og‘riqdan aziyat chekib shifokorga murojaat qilishidan emas, balki kasalliklarni erta bosqichda aniqlashga yo‘naltirish kerak bo‘ladi.

“Sog‘lom ovqatlanish” dasturlarini amalga oshirish yo‘li bilan noto‘g‘ri ovqatlanishni erta bosqichda aniqlash va kasalliklar profilaktikasiga katta e’tibor qaratiladi. Dastur, shuningdek, ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi kishilarni parhezli ovqatlanish bilan ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda ovqatlanishga katta e’tibor qaratamiz. Zero, noto‘g‘ri ovqatlanish sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolarning yuzaga kelishiga olib keladi. Sog‘lom ovqatlanishni rivojlantirishga qaratilgan yagona siyosatni belgilab beruvchi Milliy oziqlanish instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ko‘pchilik shifokorga tashrif kasalxonada davolanish bilan tugashi kerakligiga o‘rganib qolgan. Zamonaviy tibbiyotga ko‘ra, terapevtik kasalliklarning aksariyati shifoxonaga joylashuvni talab qilmaydi. Shu bois bemorlar zarur tibbiy muolajalarni olish uchun murojaat qiluvchi kunduzgi statsionarlar tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Harakatlanishga qiynaluvchi keksalar hamda jamoatchilikda paydo bo‘lish tavsiya etilmaydigan bemorlar alohida e’tiborni talab qiladi. Shuning uchun “Uy statsionari” xizmatini yo‘lga qo‘yamiz. Ya’ni tibbiyot xodimi belgilangan muolajalarni o‘tkazish uchun bemorning uyiga boradi.

Zamonaviy tibbiyotni yuqori texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transplantologiya rivojiga alohida e’tibor qaratiladi. Zero, bu ba’zi bemorlar hayotini saqlab qolishning yagona yo‘lidir. Bugunga kelib Toshkent shahrining bir yo‘la bir necha tibbiyot muassasalarida buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari bajarila boshlandi, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ishga tushirildi. Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutida o‘zak hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish yo‘li orqali qon kasalliklarini davolash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Mamlakatda bunday davolash imkoniyatlarining yo‘qligi odamlarning o‘z uylari va mashinalarini sotib, chet mamlakatlarga davolanish uchun ketishiga olib keladi. Zero, bu juda katta xarajatlarni talab qiladi. Vaziyatni tubdan o‘zgartiramiz. Mahalliy klinikalarda davolanish hamyonbop narxlarda bo‘ladi. Shuningdek, 2021–2023 yillarda esa oliy tibbiyot muassasalarining klinikalari rivojiga, ularda yuqori texnologiyali davolash usullarining joriy qilinishiga urg‘u beriladi. Bu hududiy klinikalarda shifokorlarni tayyorlash va yuqori texnologiyalarni tatbiq qilish uchun sharoit yaratadi.

Bitishi qiyin bo‘lgan jarohatlarni davolashda yuqori samara beruvchi fotodinamik terapiyani rivojlantirishni ham rejalashtiryapmiz. Mening fikrimcha, bu yo‘nalishni rivojlantirishda mahalliy olimlarning ishlanmalariga yetarlicha e’tibor qaratish kerak. Shuningdek, bu davrda mamlakatda jarroh-robotlar, radiojarrohlik uchun uskunalar va davolashning boshqa yuqori texnologiyali jarrohlik usullarini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Yana o‘qing:  Murabbiylarimdan cheksiz minnatdorman

Uzoq muddatli istiqbolda 2029 yilgacha mintaqalardagi samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan shifoxonalar faoliyatini to‘xtatib, statsionar tibbiyot muassasalari tarmog‘ini optimallashtirishni rejalashtirilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga muvofiq tibbiy xizmatlarning deyarli barcha jabhalarini o‘z ichiga olgan yirik zamonaviy ko‘p profilli tibbiyot markazlarini ishga tushiramiz.

Favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam ko‘rsatish uchun transport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shifokorlar eng qisqa fursatlarda kerakli manzilga yetib borib, shoshilinch yordamga muhtoj bemorni statsionarga yetkazishlari uchun zamonaviy va reanimatsion avtomobillar, temiryo‘l transportida maxsus vagonlar va hatto, vertolyotlar bilan ta’minlanadi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: