Ko`ngil durji ichra guhar so`z durur

Yurtboshimiz Islom Karimov “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida “O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy, ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – millatning ruhidir”, deya ta`kidlagan edi.

Darhaqiqat, til muqaddasdir. Ona tilim degan so'z zamirida ona allasi, ona tilining betakror jozibasi, millat qalbining go'zal tuyg'ulari mujassam. Ulug' ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz so'zlashgan til bizning yuragimizda ildiz otgan daraxtga o'xshaydi. Bu daraxt doimo yashnab turmog'i kerak. Uni ulug' ajdodlar qadrlaganidek sevishimiz, uni boyishiga hissa qo'shishimiz, tilimizdagi ayrim so'zlarni buzmasdan to'g'ri talaffuz etishimiz maqsadga muvofiqdir.

Olimlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra dunyo tillari orasida eng boy til ingliz tili hisoblanarkan. Ammo o'tkazilgan tekshiruvlardan shu narsa ma'lum bo'ldiki, so'z mulkining sultoni bobomiz Alisher Navoiyning “Xamsa”sida ingliz tili lug'atidagidan ikki barobar ko'p turkiy so'zlar qo'llanilgan ekan. Ana shunday buyuk va boy tilda so'zlaymiz, kuylaymiz. Biz tilimizning ana shunday qudratidan faxrlanamiz. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng turli xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda o'zbek tilini amaliy va ilmiy o'rganish yanada faollash­moqda.

Ammo ba'zi bir kamchiliklar borki, bu o'z-o'zidan tilimizning sofligiga putur yetkazib qo'yishi mumkin. Hozirgi kunda insonlar orasida nutqiy ravonlikning yo'qolib borishi, so'zlashish vaqtida o'zbek tiliga rus va boshqa chet el so'zlarining aralash holda ishlatilishi holatlari ham uchrab turadiki, bu kishi dilini xira qiladi. Bu muammoning yechimi, tilimizning sofligini, unga bo'lgan hurmat e'tiborni saqlash maqsadida ko'proq badiiy adabiyotlarni o'qishni, unib-o'sib kelayotgan yoshlarni madaniy, ma'rifiy jihatdan tarbiyalashga e`tibor bermog`imiz lozim. Zero, o'z tilini mukammal bilmagan inson o'zga tillarni o'zlashtira olmaydi. Til bilgan – el biladi, deydi dono xalqimiz. Azaldan bizda til o'rganishga ehtiyoj va ishtiyoq kuchli bo'lib kelgan. Yillar davomida bu ehtiyoj kuchaysa kuchayib bordiki aslo so'nmadi. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so'ng esa bu borada ham ko'plab imkoniyatlar yaratildi. Yoshla­rimizning ta'lim olishlariga, ayniqsa, til o'rganishlariga katta e'tibor qaratildi. Shu sababdan yoshla­rimizga ona tilimiz bilan bir qatorda chet tillarini o'rgatish ham yo'lga qo'yildi.Bugungi kunda Yurtbo­shimiz tomonidan bunga alohida e'tibor qaratilayotganligi, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, madaniy, ma'rifiy maskanlarning qurilishi, iste'dodli, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvat­lanayot­ganligi buning yaqqol dalilidir. Prezidentimizning 2012-yil 10- dekabrdagi “Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu borada yoshlarga yaratilgan yana bir ulkan imkoniyat bo'ldi.

Яна ўқинг:  “Саломатлик поезди” – эзгулик маёғи

Biz yoshlar xalqimizning asriy tarixiy orzusi, ya'ni o'z ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligidan har qancha faxrlansak arzidi.

Gulruh AMIROVA

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: