III O‘smirlar olimpiya o‘yinlariga litsenziyalarimiz yana bittaga ortdi

Xabar berib o‘tganimizdek, 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bundan avvalroq MOQ rasmiy saytida Argentinaga 36 nafar yosh sportchimiz yo‘l olishi haqida ma’lumot berilgandi.

Boks bo‘yicha qizlar o‘rtasida – 51 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Xursanoy Xolmatova ham Buenos-Ayresdagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan. Bu haqida MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokchilar soni bo‘yicha avvalgi barcha rekordlarni yangiladi. 2010 yili Singapur mezbonlik qilgan ilk o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 21 nafar sportchi bilan ishtirok etgan bo‘lsa, 2014 yilda Nankinda tashkil etilgan Olimpiadada mamlakatimiz delegatsiyasi 28 ta sportchidan tashkil topgandi. Buenos-Ayresga esa 37 nafar sportchi bilan yo‘l olmoqdamiz. Demak, natijalar yildan yilga yaxshilanib bormoqda.

Biz Argentinada medallar soni va sifati bo‘yicha ham natijalarni yaxshilash niyatidamiz. Buenos-Ayres arenalarida o‘zini har tomonlama ko‘rsatadigan sportchilarimiz nasib qilsa, yana 2 yildan so‘ng Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Svetlana – kumush medal sohibasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: