Tishlar nega “bog‘lanadi?”

Briket bilan davolash usuli haqida

Tishlarning qing‘ir-qiyshiq o‘sishi, jag‘larning noto‘g‘ri o‘sib rivojlanishini o‘rganuvchi fan ortodontiya deb ataladi. Jag‘ va tishlarning jipslashuvi nuqsoni pastki jag‘ bo‘g‘im kasalliklari, bosh og‘rishi, nafas olishning qiyin bo‘lishiga olib keladi.

Bu kabi nuqsonlar ortodont-stomatolog tomonidan davolanadi. Jag‘ nuqsoni – noto‘g‘ri tishlam yoshlikda to‘g‘ri tishlash, chaynash oqibatida kelib chiqadi. Bola tug‘ilganda tabiiy holatda uning pastki jag‘i biroz orqaroqda, ustki jag‘ esa biroz turtib chiqqan bo‘ladi. Ushbu a’zolarning bu kabi joylashishi go‘dak tug‘ilayotganda uni onaning tug‘riq yo‘llaridan oson o‘tishiga yordam beradi. Nuqsonli tish jipslashuvi, ya’ni noto‘g‘ri tishlamda tish qatorlarining o‘zaro munosabati buziladi. Jag‘ yumilganda ko‘p tishlar qarshisidagi bilan jipslashmaydi. Bunda asosan bola yuz skeletining rivojlanish davridagi boshidan kechirgan kasalliklar, uning tug‘ilgan vaqtida jag‘ining shikastlanishi, raxit, burun-halqumidagi adenoidlar natijasida og‘izdan nafas olish, sut tishlarini erta oldirish sabab bo‘ladi. Ba’zan tishlam nuqsoni bolalardagi zararli odatlar – so‘rg‘ich so‘rish, qattiq narsalarni doimiy tishlab yurishi oqibatida ham paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri tishlam rivojlanishi sababli bolada chaynashdan tashqari tovushlarni talaffuz etish buziladi. Uning nutqi noaniq bo‘lib qoladi va chakka jag‘ bo‘g‘imida og‘riq paydo bo‘ladi. Kichkintoyning og‘zi quriydi.

Tishlam (prikus) – yuqori va pastki tish qatorlarining jipslashtirganda bir-biriga nisbatan egallaydigan holati. Sut tishlari jipslashuvi 6 yoshgacha va ularning doimiy tishlarga almashinuv davridagi tish jipslashuvi 6-13 yosh, doimiy tishlar jipslashuvi hamda fiziologik-nuqsonli tishlar jipslashuvi farqlanadi. Ikkala jag‘ning o‘sib ketishi – biprognatiya, yuqori jag‘ning o‘sib ketishi – pronitiya, pastki jag‘ o‘sishi – progeniya kabi tishlam nuqsonlari uchraydi. Tish jipslashganda yuqori kesuvchi jag‘lar pastki tishlarni chuqur qoplab turadi. Patologik tish jipslashuvi o‘rta va katta yoshlarda uchraydi.

Buzilgan tish jipslashuvi bolaning 6-12 yoshida vaqtincha tish protezlari qo‘yib davolanadi. Katta yoshlilarda esa buni amalga oshirish murakkab bo‘lganligi uchun ulardagi tishlam operatsiya qilib to‘g‘rilanadi. Jag‘ va noto‘g‘ri tishlam og‘iz bo‘shlig‘iga briket qo‘yish yo‘li bilan davolanadi. Bundan 20 yillar ilgari qiyshiq tishlar qatori tishlarni olib tashlab tuzatilgan. Buning oqibatida lablar ichkariga kirib, yuzni xunuk qilib qo‘ygan. Shuningdek, ushbu amaliyot tish-milk va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini keltirib chiqargan.

Bolalarning noto‘g‘ri rivojlangan tishlamini briket bilan davolash usullari ular 12 yoshga kirgandan boshlab o‘tkaziladi. Ko‘pchilik bu nuqsonni faqat o‘smirlik davrida davolash mumkin, deb o‘ylaydi. 12 yoshga to‘lmagan o‘g‘il-qizlarga briket o‘rnatish mumkin emas. Sababi ularning doimiy emal qavati hali shakllanmagan bo‘ladi. Yana bu yoshdagi bolalar og‘iz bo‘shlig‘ining tozaligiga har doim ham rioya qilmaydi. Ularga briket o‘rnatilsa tishlarning emal qavati yemirilishi, kariyes (tish chirishi), milklarning yallig‘lanishi kelib chiqishi mumkin. Bemorga briket o‘rnatilgach, og‘iz bo‘shlig‘ining tozaligiga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Briketni shifokor belgilangan muddatda siljitib turadi. Simlar yordamida o‘rnatilgan metall yoy tishlarni asta-sekin bir xil qilib tekislaydi. Ushbu moslamani taqib yurish muddati jag‘ yoki tishlam nuqsoni darajasiga bog‘liq. Agar ushbu nuqson yengil darajada bo‘lsa kam, og‘ir darajada bo‘lsa briket uzoq muddat taqiladi. Davolashning o‘rtacha muddati 1,5-2 yilni tashkil qiladi. Noto‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash buni bir necha yilga cho‘zishi mumkin. Davolanish muddati tugagandan so‘ng briket yechilib, tishlamni yanada mustahkamlash uchun fiksator (tishlarni muayyan holatda mahkamlab qo‘yadigan moslama) taqib yuriladi. Fiksator briket taqilgan muddatidan ikki barobar ko‘p vaqt taqib yuriladi. Bu nuqsonni yana qaytalanishining oldini oladi. Uning ikki xili ortodontiyada ishlatiladi. Birinchisi – qo‘yilgan briket belgilangan muddatgacha olinmaydi. Ikkinchisi bemorning o‘zi uxlashidan oldin uni qo‘yib yotadi. Briketni sun’iy tishlarga qo‘yib bo‘lmaydi. Uni qo‘yganda bemor og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilib, qattiq mahsulotlarini iste’mol qilishdan saqlansa hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yana o‘qing:  Sog‘lom ruh tanni davolaydi

 

Matluba NARZULLAYEVA,

poytaxtimizdagi 3-sonli bolalar stomatologiya poliklinikasi bosh shifokori rinbosari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: