XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-38)
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamkorligida yuksak ma’naviy tarbiya – insonni inson qiladigan asosiy mezon mavzusida seminar tashkil etildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 16 sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan ekologik media-tur o‘tkazildi.
- Toshkent shahrida O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan “Birgalikda shahrimizni obod etaylik!” shiori ostida velomarafon tashkil etildi.
- Samarqand tarixi muzeyida O‘zbekiston va Fransiya arxeologlari hamkorligining samaralariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.
- Tailand poytaxti Bangkok shahrida gandbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida yakunlangan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.