Yorug‘lik mevalar ta’mini o‘zgartirmoqda

Florida (AQSH) universitetining olimlari meva va sabzavotlarning ta’mi va hidini o‘zgartirishni o‘rganib oldi.

Buning uchun ularga hosil yig‘ib olinganidan keyin, hech qanday kimyoviy moddalarsiz, oddiy yorug‘lik yordamida ta’sir qilinadi. Ma’lum bo‘lishicha, ta’m va hid uchun javob beruvchi moddalar bevosita yorug‘lik to‘lqinlariga bog‘liq bo‘lar ekan. Xususan, chernika mevasi infraqizil nurlar ostida yanada nordonroq ta’mga, pomidorlar esa suvliroq tarkibga ega bo‘lishi aniqlandi.

Shuningdek, ta’mni yaxshilash usullari ham topildi. Endi meva-sabzavotlarni xarid qilgandan keyin uy sharoitida ham ularni o‘zingizga moslab olishingiz mumkin. Hozir olimlar turli meva va sabzavotlarning yorug‘likka bog‘liqligi bo‘yicha tajribalarni davom ettirmoqda.

Yana o‘qing:  Suzish – ruhiyat va salomatlik tayanchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: