Abadiy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik sari

O‘zbekiston va Tojikiston Markaziy Osiyodagi bir-biriga chambarchas bog‘langan mamlakatlar hisoblanadi. O‘zbek va tojik xalqlari bir-biriga juda yaqin bo‘lib, to‘y-marosimlari, urf-odatlari, hatto, liboslari, taomlari, kuy-qo‘shiq va raqslari o‘xshash. Ikki xalq azaldan bir daryodan suv ichgan, qarindoshlik, quda-andachilik rishtalari bilan mustahkam bog‘langan. Shu bois, ularni “ikki tilda so‘zlashuvchi bir xalq” ham deyishadi.

Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlarida kuzatilayotgan ushbu ijobiy o‘zgarishlardan, birinchi navbatda, oddiy odamlar manfaat ko‘rmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidagi bir qator nazorat postlarining qayta ochilganligi o‘zbek va tojik jamoatchiligi, xususan, chegaraoldi hududda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olindi. Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasidagi temir yo‘l va aviaqatnovning tiklanishi ham odamlar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Prezidentimizning Tojikistonga tashrifi o‘zaro munosabatlarda tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganligini alohida ta’kidlash joiz. O‘shanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini minglab tojikistonliklar, Dushanbe xalqaro aeroportidan to Tojikiston Prezidentining Somoniylar saroyigacha, ikki davlat bayroqchalari bilan “Xush omaded!” so‘zlari bilan samimiy kutib olganliklari hali-hanuz yodimizdan chiqmaydi. Ushbu ajoyib voqeani nafaqat Prezidentimizga, balki butun o‘zbek xalqiga bo‘lgan chuqur hurmatning yorqin ifodasi sifatida baholash mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning mazkur tarixiy tashrifi O‘zbekiston – Tojikiston hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Tomonlar eng murakkab masalalarni ham o‘zaro ishonch va hurmat asosida, har ikki mamlakatning manfaatlarini birdek hisobga olgan holda hal qilish mumkinligini amalda isbotlab berdilar.

Prezidentimizning mazkur tashrifiga javoban joriy yilning 17-18 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi davlatlararo aloqalarni yangi strategik darajaga olib chiqishi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berishi, shubhasizdir.

Shuni e’tirof etish joizki, O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining tashabbusi va bevosita sa’y-harakatlari tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochildi. Bizning vazifamiz, qayta jonlangan o‘zaro do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki xalqni bir-biriga yanada yaqinlashtirishdan iborat. Zero, o‘zbek-tojik birodarligi Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi.

 

Qodir JO‘RAYEV,

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, Oliy Majlisning Tojikiston parlamenti bilan hamkorlik qilish bo‘yicha guruhi a’zosi

Yana o‘qing:  Barqaror rivojlanish maqsadlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: