O‘zbekiston hududidan etil spirtini tranzit qilishga ruxsat berildi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 avgustdagi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish kiritildi.
Endilikda O‘zbekiston hududidan etil spirtini tranzit qilish mumkin. Buning uchun Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 1998 yil 15 maydan O‘zbekiston bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlanib, tranzit qilish uchun Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan edi.