O‘g‘il bolalarga erkak tarbiyasi lozim!

Mehr rishtasi qanchalik mustahkam bo‘lmasin, farzandni mudom oldingizda olib o‘tirishning iloji yo‘q. Farzandni tarbiyalash va uni yetuklikka yetkazishda davlat va jamiyat faol ishtirok etadi. Bolani yetti yoshidan maktabga qo‘yasiz, u 17-18 yoshigacha hayotining asosiy davrini sinfdosh va ustozlari qurshovida o‘tkazadi.

Bolaning oq bilan qorani ajratadigan vaqti, ya’ni 11 yoshga kirgunicha maktabning boshlang‘ich sinfida, odatda ayol kishilar murabbiylik qiladigan davrga to‘g‘ri keladi. Bunga bog‘chadagi 3-4 yilni qo‘shsak, demak, bola aqlini taniydigan vaqtini asosan ayol kishining tarbiyasida o‘tkazar ekan. Bu nafaqat ma’rifat, balki ta’lim-tarbiya, shu bilan birga, eng yaqin munosabatlardir. Agar farzand qiz bo‘lsa, ustozi kabi mehridaryo, qalbi quyosh bo‘lib voyaga yetadi. Farzand o‘g‘il bo‘lsa-chi? Atrof-muhitni tanib, hamma ma’qul bo‘lgan hodisalarga taqlid qiladigan chog‘da atrofida nuqul ayol murabbiylar bo‘lishi to‘g‘rimikan?

Ayol – mo‘tabar zot. Ammo tarbiyada otaning o‘rni beqiyos. Erkaklarga xos fazilatlar va xarakter ta’siri farzand kamolotida muhim rol o‘ynaydi. Otaning har bir muammoga erkakcha yondashuvi masalani uzil-kesil hal etishda asosiy qaror hisoblanadi. Buni hamma biladi. Lekin bugun  maktablardagi o‘qituvchilarning aksariyati, ayniqsa, direktorlarning ko‘pchiligi ayol ekanligini inobatga olsak, farzandlarimiz ayollar qo‘lida tarbiyalanayotganini tushunib yetamiz.

Menimcha, o‘g‘il bolalar  o‘qishi va tarbiyasiga ko‘proq erkaklarni jalb etish lozim. To‘g‘ri, ayni paytda boshlang‘ich ta’lim u yoqda tursin, hatto fanlar bo‘yicha ham  kadrlar yetishmayapti. Lekin hech bo‘lmaganda maktab ilmiy bo‘lim mudirlari, rahbar o‘rinbosarlari, ayniqsa, maktab direktorlarini tayinlashda birinchi navbatda yigitlarga e’tibor berish kerak.

Aminmanki, ta’lim muassasalarimiz boshqaruvida erkaklar salmog‘i ortsa, hamma jabhada ijobiy natijalar yuz beradi.

Jamshid NOSIROV

Yana o‘qing:  Kasbdan topilgan baxt

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: