Ijodkorlarning pensiyasiga doir

Jurnalist, yozuvchi, rassomlar pensiyaga chiqqanidan keyin biror joyda ishlamasada, qalam haqi olsa pensiyasining yarmi to‘lanar ekan. Bu tartib qachon joriy qilindi va qaysi hujjatga asoslanadi?

Umuman olganda ishlab turgan pensionerga yoshga doir nafaqa to‘lash ularning ish joyida, qoida tariqasida tayinlangan nafaqaning 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Faoliyatini davom ettirayotgan pensionerga pensiya ijtimoiy sug‘urta badallari hisobidan, o‘tgan oy uchun oyning ikkinchi yarmiga to‘lanadigan ish haqi bilan bir vaqtda alohida to‘lov vedomosti bilan to‘lanadi.

Ishlab turgan pensionerlarning qaysi toifalariga yoshga doir pensiya 100 foiz miqdorida to‘lanadi, degan savollar ham ko‘p uchrab turadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2011 yil 30 aprelda 2222-son bilan ro‘yxatga olingan «Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risida» gi Nizomning 2-bandiga asosan quyidagi toifadagi ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda(100 foiz) to‘lanishi belgilab qo‘yilgan:

a) urush nogironlari va qatnashchilariga, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

b) Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy xizmatni o‘tagan yoki front orqasida ishlagan shaxslar;

v) 1 va 11 guruh nogironlari;

g) Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan fuqarolar uchun tartiblar Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 apreldagi 170-sonli «Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqidagi» qarorida belgilangan;

d) fuqarolar yig‘inlari va mahallalarning raislariga;

e) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida diniy ma’rifiy va ma’naviy axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi pensioner ayollarga – yoshga doir pensiyani olganda.

Qolgan barcha ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.

Endi asosiy savolga kelsak, ijodkorlar pensiyaga chiqqanidan keyin biror joyda ishlamasada, qalam haqi olgan oyda pensiyasining yarmi to‘lanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningn 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qaroriga ilova bo‘lmish «Davlat pensiyalarini tayinlash va ishlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 166-bandiga asosan amalga oshiriladi. Unda shunday belgilab qo‘yilgan: «Daromad(gonorar, taqdirlash puli va shu kabilar) olingan taqdirda ijodiy faoliyat bilan band bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlangandan keyin daromad olingan oy uchun pensiya ishlab turgan pensionerlar uchun belgilangan tartibda to‘lanadi».

Bunday belgilanganiga sabab ularga pensiya tayinlanayotganda qalam haqi ham qo‘shib hisoblanadi. Hatto, yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan shaxslar hech qayerda ishlamasada, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullangani uchun qalam haqi hisobidan pensiya olish huquqiga egadir. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, qalam haqi ham ishlayotgan faoliyatga kiradi.

Yana o‘qing:  YIL OSTONASIDAGI ORZULAR

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Pensiya jam­g‘armasining Yakkasaroy tumani bo‘limi mutaxassisi Gulchehra InoFomova tavsiyasi asosida J. SA’DULLAYEV yozib oldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: