Shifokorlar: “Ko‘p suv iching” deyishi sababini bilasizmi?

Sog‘lom odam kuniga o‘rta hisobda 2 litr suv ichishi durust. Bu shifokorlarning tavsiyasi. Miya hujayralaridan tortib vujudimizdagi barcha a’zolar suv ila hayot. Ko‘p suv ichsak, tanamizning suv yo‘qotishini (degidratsiya) oldini olgan bo‘lamiz.

Kofeinsiz (sharbatlar, choy) hamda tuzga boy bo‘lmagan ichimliklar suv o‘rnini bosishi mumkin.

Kofeinli ichimliklar (achchiq qora choy, qahva) tanada suv yo‘qotilishiga sabab bo‘lgani uchun, ortidan suv ichib yuborilgani ma’qul.

Suvning vujudimizga foydalari:

-Vujuddagi haroratni mo‘tadillashtiradi.

-Jigar va buyraklardagi zaharli moddalarni yuvib ketadi.

— Vujudni jarohatlardan asraydi.

— Hujayra va to‘qimalarning bir-biriga yaqinlashishini ta’minlaydi.

— Teri hujayralarining sog‘lom ko‘rinishiga yordam beradi.

Voyaga yetgan insonning tanasida 40-50 litr suv bo‘ladi. Qonning 83%, to‘qimalarning 75%, miyaning 74%, suyaklar tarkibining 22%i suvdan iborat. Tanadagi suvning 20%i yo‘qotilsa, inson o‘ladi.

Yetarli miqdorda suv ichilmasa:

— Miya sekinlashib, odam dangasalashadi.

— Qon quyuladi.

— Qabziyat yuz beradi.

— Peshob sarg‘ayib ketadi.

 

muslim.uzdan olindi

Yana o‘qing:  Vaqti-vaqti bilan tamaki chekish ham doimiy chekish kabi zararli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: