Yangi mavsum boshlandi
Muqimiy nomidagi O‘zbek musiqali drama teatrida navbatdagi ijod mavsumining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqanlar istiqlol yillarida ijodkorlarga yaratib berilgan sharoitlar, san’at ahlining ijod qilishi uchun berilgan imkoniyatlar haqida to‘lqinlanib so‘zladilar. Shuningdek, tadbirda mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi arafasida mukofotlangan hamyurtlarimiz orasida mazkur teatrda qator yillardan beri ijod qilib kelayotgan rejissyor Bahodir Nazarovning «Mehnat shuhrati» ordeni, hamda xalqimizning sevimli aktrisasi Odina G‘oziyevaning «O‘zbekiston xalq artisti» unvoniga sazovor bo‘lgani ijodiy jamoaga faxr va g‘urur baxsh etganligini ta’kidlashdi.
Teatr navbatdagi mavsum ochilishini zamonaviy talqindagi «Arshin mol-olan» komediyasi bilan boshladi. Spektakl tomoshasi, sevimli aktyorlar bilan yuzma-yuz uchrashuv barchaning qalbiga xushnudlik baxsh etdi.
M.XO‘JAMURODOVA