Insultdan keyin miyaning qayta tiklanishi isbotlandi
Kaliforniya universiteti insultga chalingan bemorlarda yangi neyron va tomirlarni o‘stirishga yordam beruvchi noyob gelni namoyish etdi. Uning samarasi kemiruvchilarda o‘tkazilgan tajribalar bilan isbotlandi. Bundan kelib chiqadiki, hujayralari allaqachon nobud bo‘lgan miyaning qismlarida to‘qimalarni qayta tiklash mumkin.
Olimlar miyani zararlangan qismi, ya’ni insult natijasida hosil bo‘lgan kovaklar atrofidagi sog‘lom to‘qimalarni ushbu zararlangan qismni qayta tiklanish jarayoniga qo‘shilishi mumkinligini tekshirib ko‘rishdi. Kovaklarga zichligi bo‘yicha miya to‘qimasi xususiyatiga o‘xshash maxsus gel kiritildi. Umuman olganda yangi tomir va hujayralarni o‘sishi uchun asos yaratildi. Gel tarkibida tomirlar o‘sishini rag‘batlantiruvchi va yallig‘lanishini to‘xtatuvchi molekula majud bo‘lgan.
O‘tkazilgan tajriba shuni ko‘satdiki, 16 haftada sichqonlar miyasidagi kovaklarda neyron to‘ri bilan birga tiklangan miya to‘qimasi bilan to‘lgan. Kemiruvchilarda tana harakatlarining yaxshilanganligi yondashuvning samaradorligidan darak beradi.