Osiyo o‘yinlari: biz faqat g‘alaba kutamiz

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-bor o‘tkazilayotgan yozgi Osiyo o‘yinlarining rasman start olishiga sanoqli kunlar qoldi.

Ayni paytda deyarli barcha sport delegatsiyamiz musobaqa joyiga yetib borgan. Ayrim sport turlari bo‘yicha vakillarimiz esa so‘nggi kun va soatlarga qadar boshqa shaharlarda tashkil etilayotgan musobaqa va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashishni, Osiyo o‘yinlaridagi muddatiga yaqin belgilangan joyga yetib borishni rejalashtirishgan. Misol uchun, gimnastikachilarimiz – Sabina Toshkenboyeva va Nuriniso Usmonovalar 17-20 avgust kunlari Minskdagi Jahon kubogida qatnashadilar. Ayni paytda ular mas’uliyatli musobaqaga Rossiyaning Novogorskdagi o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo o‘yinlari bellashuvlari 27-28 avgust kunlariga belgilangan.

Mazkur qit’a bellashuvlarida Vatanimiz sport sharafini himoya qiluvchi sport delegatsiyamiz vakillarini fikrlari bilan o‘rtoqlashdik:

 

Hasanboy DO‘STMATOV (boks):

Yaqinda xalqaro musobaqada hindistonlik bokschiga yutqazib qo‘ygandim. Osiyo o‘yinlariga o‘sha bokschi kelmas ekan. Qozog‘iston va hindistonlik bokschilar menga asosiy raqib bo‘ladi. Shunga qaramay, g‘alaba qozonishga harakat qilaman. Chunki Osiyo o‘yinlari kichik Olimpiada hisoblanadi. 23 avgust kuni qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Raqiblarni bilib olgach, shunga qarab tayyorgarlik ko‘ramiz. 24 avgustdan boks bahslari start oladi.

 

Dmitriy ShOKIN (taekvondo):

Jakartadagi Osiyo o‘yinlari men uchun ikkinchisi bo‘ladi. Incheondagi musobaqada terma jamoamiz hisobiga oltin medal qo‘shib qo‘yish uchun bir ochko yetmay qolgandi. Musobaqa yakunida kumush medal bilan kifoyalangandim. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Bu safar g‘olib bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Bu oilam, terma jamoamiz va Vatanimiz uchun juda muhim. Fursatdan foydalanib, sportchilarimizga birinchi navbatda sog‘lik, kuch va mashg‘ulotlarda sabr tilayman. Osiyo o‘yinlarida g‘alabalarimiz ko‘p bo‘lsin. Olg‘a, O‘zbekiston!

 

Sabina ShARIPOVA (tennis):

Yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlari o‘z salohiyatimni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Musobaqada sovrindorlar qatoridan joy olishga harakat qilaman. Turli musobaqalarda ishtirok etib, bu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdim. Indoneziyadagi bahslarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqchiman.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  "Vatan uchun yashaylik " tanlovining g‘oliblari taqdirlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: