“Zukko bolajonlar” – kichkintoylar maskani

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanib, u bolaning har jihatdan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu dargohda bola qalbida maktabdagi o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq shakllanadi, yashirinib yotgan iste’dod va iqtidor tarbiyalanadi. Muhimi, farzandlari mehribon, g‘amxo‘r va shirinso‘z tarbiyachilar qo‘l ostida tarbiyalanayotganini ko‘rgan ota-onalar dilbandining kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligidan mamnun bo‘ladi.

Bugun mamlakatimizda zamonaviy uslubda bunyod etilgan, barcha sharoitlarga ega ko‘plab MTMlar faoliyat yuritmoqda. Kuni kecha Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel QFYda ham ana shunday ta’lim muassasalaridan biri qurilib, foydalanishga topshirildi.

Zulayho Mahmudova rahbarlik qilayotgan «Zukko bolajonlar» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulotlar rus, ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi. Bundan tashqari muassasadagi mavjud mashg‘ulot xonalari, lingofon, kompyuter sinflari hamda sport-sog‘lomlashtirish bo‘limlari tarbiyalanuvchilarning ta’lim olish, salomatliklarini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bolajonlarning sog‘ligi shifokor tomonidan doimiy nazoratda bo‘lib, ular har kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va salomatligi haqida ota-onalarga muntazam axborot berib boriladi.

– Har bir bola o‘zga bir olam. Shu sababdan biz jajji bolajonlar bilan individual tarzda mashg‘ulot olib borishga harakat qilamiz, iqtidori va iste’dodiga qarab to‘garaklarga yo‘naltiramiz, – deydi biz bilan suhbatda muassasa rahbari Zulayho Mahmudova.

Maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisida manzarali bog‘ ham barpo etilgan bo‘lib, zamonaviy cho‘milish havzalari bolajonlar ixtiyorida.

Homiylik asosida bunyod etilgan ushbu ta’lim muassasasi Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel QFY aholisi uchun eng ulug‘ eng aziz bayram – mustaqilligimizning 22 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Farhod TOLIPOV

Yana o‘qing:  7 kun davomida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: