Tafakkur sandig`idan (2013-36)

Boylikni boshi – sog‘liq.

* * *

Bedard yonida gapirsang,

boshi og‘rir.

* * *

Kasal ko‘rsang,

ko‘ngil ko‘tar.

* * *

Bir kunlik isitma

qirq kunlik kuchni olar.

* * *

Bosh armoni bo‘lmasa,

Mol armoni armonmas.

* * *

Dard botmonlab kelar,

Misqollab chiqar.

* * *

Mol ketsin, pul ketsin,

Eson-sog‘likka ne yetsin.

* * *

Oyda kelsa, omon kelsin.

* * *

Pokliging – sog‘liging.

* * *

Suyak butun bo‘lsa, et bitar.

* * *

Tishsiz og‘iz – toshsiz tegirmon.

* * *

Chiniqqanga – gard yuqmas,

Tiniqqanga – dard.

Omon bo‘lsang,

olam seniki.

* * *

Sog‘ olma shohidan tushmas.

* * *

El sog‘ligi – yurt boyligi.

O‘zbek xalq maqollari

Yana o‘qing:  Shamollarni quvgan varraklar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: