Xalq salomatligiga kamarbasta

2001 yildan shu bugunga qadar «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan yurtimizdagi 14 yoshgacha bo‘lgan kuyish, tug‘ma nuqsoni bor va suyak sinish kasalliklari bilan kasallangan ko‘plab bemor bolalar Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanib qaytishdi. Bundan tashqari jamg‘armaning bolalarni sog‘lomlashtirish dasturiga muvofiq, Germaniyaning «Fridenzdorf Interneyshnl» xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik doirasidagi grant mablag‘lari asosida yuqori lab, yumshoq va qattiq tanglayning tug‘ma nuqsoni bo‘lgan nogiron bolalar Toshkent davlat Tibbiyot Akademiyasida bepul plastik jarrohlik yo‘li orqali sog‘lomlashtirildi.

Albatta, istiqlol yillarida yurtimizda sog‘lom avlod tarbiyasi va ularning salomatligi yo‘lida ko‘plab salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Onalik va bolalik muhofazasiga doir qator qaror va davlat dasturlari qabul qilinib, hayotga keng tatbiq etilayotir. Bu kabi xayrli ishlarni amalga oshirishda Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining ham munosib hissasi bor.

Joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida jamg‘armaning birgina Surxondaryo viloyat filiali tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, qolaversa, insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan 348 ta tadbir o‘tkazildi. Shuningdek, Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi yordamida olis qishloqlar, mahallalar hamda tog‘li hududlarda istiqomat qilayotgan 3 ming 905ta oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti, oila a’zolarining sog‘ligi nazorat qilindi hamda tug‘ish yoshidagi ayollar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bundan tashqari joylardagi sog‘­liqni saqlash, xotin-qizlar qo‘mitalari, mahalla faollari bilan hamkorlikda 11 ming 890 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali oilalar, nogironlar ham malakali shifokorlar yordamida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy tekshiruv davomida aholining ehtiyojmand qatlamiga dori-darmonlar, yod va temir moddali preparatlar hamda sanitariya-gigiyena vositalari tarqatildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu kabi ezgu va xayrli ishlar aholi salomatligi uchun qilinayotganligi e’tiborga loyiqdir.

H.EGAMBERDIYEVA,

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi Surxondaryo viloyat filiali direktori v.b.

Yana o‘qing:  Bu yorug‘ olamda Vatan bittadir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: