11 nafar sportchi muddatidan avval talaba bo‘ldi
Qoraqalpog‘istonlik 11 nafar yosh sportchi muddatidan avval talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
Mamlakatimizda O‘zbekiston chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi yoshlar uchun qator imtiyozlar yaratilgan. Shunday imtiyozlardan biri g‘oliblarning yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz talabalikka qabul qilinishidir.
Nukusda joriy yilda shunday imtiyozga ega bo‘lgan og‘ir va yenlgil atletika, suzish, kurash, akademik eshkak eshish, regbi-7, baydarka va kanoeda eshkak eshish kabi sport turlari chempionlari talaba bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘ldilar.