Foydali o‘nta ichimlik
Olimlar tomonidan sog‘liq uchun foydali bo‘lgan tabiiy ichimliklar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ma’lumki, odam organizmi 82 foiz suyuqlikdan iborat. Suv tanamizni kislorod bilan ta’minlab, har kun ularni yangilaydi. O‘z o‘rnida bu jarayon organizmda yog‘larning to‘planib qolishini oldini oladi. Kun davomida biz qancha miqdorda suyuqlik ichishimiz emas, nima ichishimiz muhimroqdir. Olimlarning tavsiyasiga ko‘ra, kuniga 2,5 litr suvdan tashqari, to‘qqizta ichimlikni kunlik ratsionimizga kiritishimiz kerak. Bu ichimliklar o‘zida ko‘p vitamin va foydali moddalarni mujassam etgan.
Olimlar tomonidan tuzilgan sog‘liqqa foydali bo‘lgan ichimliklar ro‘yxati:
– Rayhonli choy – charchoqni oladi, uyqungizni mustahkamlaydi, hazmni me’yoriga keltiradi va tanani xiltlardan tozalaydi.
– Ko‘k choy – tarkibida antioksidant va flovonidlar bo‘lib, yurak tomirlari va suyaklarni saraton xastaligidan himoya qiladi.
– Soyali sut – ominakislotalarga boy bo‘lib, organizmda xolesterinni ko‘payib ketishini oldini oladi.
– Sut – tarkibida kam miqdorda yog‘ bo‘lgan sut kalsiy, hayvon oqsillari, hamda D vitaminiga boy bo‘ladi.
– Tomat sharbati – unda onkologik xastaliklar bilan kurashadigan likopen moddasi mavjud.
– Apelsin sharbati immunitetni mustahkamlab, charchoqni oladi va organizmning tetik bo‘lishida yordam beradi.
– Klyukva morsi – bu ichimlik bunzon kislotasiga boy bo‘lib, antibiotik kabi hususiyatga ega.
– Kakao va issiq shokolad – organizmda baxtlilik garmoni bo‘lmish – endorfin moddasini ishlab chiqaradi. Bu kayfiyatni ko‘taradi hamda bosh og‘rig‘idan xolos etadi.
– Vitgrass sharbati – ushbu ichimlik bug‘doydan tayyorlanib, vitamin va minerallarga boy, uning tarkibidagi antioksidantlar organizmning qarish jarayonini to‘xtatadi.
Sahifani internet materiallari asosida Feruza Hayitboyeva tayyorladi.