Polvonlarimizdan ikkinchi oltin medal!

Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz ikkinchi oltin medalga ham sazovor bo‘lishdi.

Qizlar o‘rtasida 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bahs olib borgan Kumushxon Fayzullayeva ikki kurash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Dast ko‘tarishda 94 kilogramm bilan uchinchi natijani qayd etgan hamyurtimiz siltab ko‘tarish mashqida o‘z mahoratini namoyish qilib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Kumush va bronza medallari Misr hamda Tunis terma jamoasi vakilalariga nasib etdi. Ta’kidlash joiz, Q. Fayzullayeva O‘zbekiston og‘ir atletikasi tarixida jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk ayol sportchi bo‘ldi. Bu terma jamoamizning musobaqada qo‘lga kiritgan ikkinchi oltin medali edi. 2 kun muqaddam erkaklar o‘rtasida Adham Ergashev ham +62 kg. vazn toifasida ham dunyo birinchiligida zafar quchgandi.

Yana o‘qing:  Mushtarak maqsad yo‘lidagi hamkorlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: