Diqqat, tanlov!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda “Sog‘lom avlod” gazetasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida”Istiqlol shukuhi – yoshlar nigohida” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga yurtimiz hayotida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlarni, buyuk bunyodkorlik ishlari, tarixiy merosimiz – qayta qad rostlagan madaniy yodgorliklar, obod shahar va qishloqlar, milliy qadriyatlarimiz, diyorimizning betakror tabiatini hamda istiqlol tengdoshi bo‘lgan bolalarning erishilgan yutuqlarini o‘zida aks etgan maqolalar qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etilgan maqolalar “Sog‘lom avlod” gazetasi sahifalarida muntazam chop etib boriladi. Materiallar 2018 yilning 20 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Maxsus hay’at tomonidan g‘olib deb topilgan eng yaxshi maqolalar mualliflari mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida tahririyatning maxsus diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

 

Manzil: Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi, 30-uy. “Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyati.

Murojaat uchun telefon:

(0-371) 244-24-85.

Elektron pochta manzili:

s-avlod@mail.ru

Yana o‘qing:  Kitob o‘qiganlar “Spark” minayapti, “Spark” minayotganlar ham kitob o‘qiyaptimikin?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: