Hunari borning baxti bor

Mamlakatimizda ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘ini hisoblangan kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan yigit-qizlarning tanlagan kasblarini puxta egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Pastdarg‘om avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejida ham bugungi kunda 900 dan ziyod o‘quvchilar «Buxgalteriya ishi», «Avtomobillar elektr va elektron jihozlari diagnostikasi», «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik», «Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish» mutaxassiliklari bo‘yicha tahsil olishmoqda.

– Kollejimizda yoshlarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘quvchilarning o‘quv amaliyotlarini o‘tkazishlari uchun «Chilangarlik», «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash», «Payvandlash», «Avtomobillar elektron diagnostikasi» kabi ustaxonalari mavjud bo‘lib, mazkur ustaxonalarda o‘quvchilar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar, – deydi kollej rahbari Mavlon Parmonov.

Bu yerda ta’lim olayotgan yigit-qizlar o‘z mutaxasisliklarini puxta egallashlari uchun Samar­qand shahar 2514-Avtokorxonasi, «SamAvtotexxizmat» OAJ, Past­dar­­g‘om tuman «Selxoztexnika» avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonasi, Pastdarg‘om tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi kabi korxonalar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilar mazkur korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash bilan birga, keyinchalik bu yerda ishga joylashib, o‘z faoliyatlarini davom ettirish imkoniga ega bo‘lishmoqda.

Ta’lim maskanida o‘tkazilayotgan turli tanlovlar, uchrashuvlar, qiziqarli savol-javob kechalari yoshlarning olgan bilimlarini yanada mustahkamlashga zamin yaratmoqda. O‘quvchilarning axborot materiallarini mutolaa qilish, erkin fikr yuritish va har qanday axborotga to‘g‘ri munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida haftaning dushanba va shanba kunlari axborot soatlari o‘tkaziladi. Shuning­dek, «Yod tanqisligi va kamqonlikning oldini olish», «Gripp -yuqumli kasallik», «O‘tkir respirator kasalliklarining oldini olish», «Biz OITSga qarshimiz» kabi mavzularda shifokorlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatlari o‘quvchilarning tibbiy madaniyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutmoqda. Birgina bu emas. Yoshlarning atrof-muhit tozaligiga munosabatini shakllantirish, ularda ekologik ongni yuksaltirish maqsadida kollejda haftaning har payshanba kuni «Tozalik kuni» deb e’lon qilingan.

Otabek Choriyev, Anvar G‘ofurov, Gulchehra Haydarova, Tohir Nuraliyev, Sa’dulla Rustamov singari ustozlarning sa’y-harakati bois o‘quvchilar tuman va viloyat miqyosida o‘tkazilgan fan va sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Ta’lim maskanida faoliyat ko‘rsatayotgan 31 turdagi fan va sport to‘garaklari o‘quvchilar bilan gavjum.

Shuni aytish o‘rinliki, bugungi berilgan imkoniyat ertangi kun uchun zamin hozirlaydi. Yurt kelajagi bo‘lgan yosh avlodga e’tibor, ularni yuksak marralar sari ruhlantiradi. Ishonamizki, mazkur bilim maskanida tahsil olayotgan yoshlar ham davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, kelajakda ona Vatanimizga munosib farzand bo‘lishadi.

Yana o‘qing:  Eng bebaho ne’mat

F. NURMUHAMMEDOV,

Samarqand viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: