Jomboylik aka-ukalar “Real Madrid”ga chaqirildi
Jomboylik Shuhratjon va Shohjahon Mamatovlar bir necha yillardan beri tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida futbol bilan shug‘ullanishadi.
Aka-ukalar mehnat faxriysi Ivan Kostrikin tashkil etgan tuman yoshlar futbol jamoasi tarkibida sport sirlarini o‘rganishmoqda. Jamoa yaqinda Bolgariyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada o‘z mahoratini namoyish etishdi.
Quvonarlisi, xalqaro musobaqada ishtirok etgan “Real Madrid” futbol klubi mutaxassislari jamoamizga alohida e’tibor qaratishdi. Ayniqsa, Shuhratjon va Shohjahonning o‘ziga xos o‘yin uslubi e’tirof etildi. Musobaqa yakunida bu ikki yosh sportchilarimiz “Real Madrid” futbol klubi qoshidagi xalqaro sport maktabida o‘qishga taklif qilindi. Ayni kunlarda ularning safar hujjatlari tayyorlanmoqda.
T. ORTIQOVA