Jamg‘arma faoliyatidan (2013-34)
Farg‘ona viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Buvayda tumanidagi “Chirkay” qishloq vrachlik punktida OITS kasalligini oldini olish va odam savdosi mavzularida savol-javob kechasi o‘tkazildi. Shuningdek, tumandagi 30-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida jami 23 nafar tarbiyalanuvchilar o‘rtasida reproduktiv salomatlik mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Qarshi shahridagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar oilalarida ma’naviy sog‘lom muhitni shakllantirish, farzand tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish maqsadida «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» shiori ostida tibbiy-ijtimoiy ko‘rik o‘tkazildi.
Navoiy viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Konimex tumani “Sarjal” qishloq vrachlik punkti hududida yashovchi 95 nafar fuqaro o‘rtasida «Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish», «Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni erta turmushga berishning oldini olish», «Majburiy ta’lim bilan qamrab olish», «Onalik va bolalikni muhofaza qilish» mavzularida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Xorazm viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlarining 4 ta mahallasi (Eshimjiryon, Vazir, Ittifoq, Oqdarband)da «Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish», «Oilaviy hayotga tayyormisiz?», «Onalik va bolalikni muhofaza qilish – davlat e’tiborida», «O‘z vaqtida turmush qurish – oila mustahkamligi poydevori» mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbirda 357 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Surxondaryo viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Uzun va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi harbiy qism oilalari va Qiziriq tumani mahallasidagi 171 nafar fuqaro o‘rtasida yuqumli, tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilib, o‘quv muassasalari, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Shuningdek, homilador ayollarning 15 nafari skrining tekshiruvidan o‘tkazildi.
Abbosjon ERGASHEV,
«Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bosh mutaxassisi