“Rogers Sup”da Nadal g‘olib chiqdi

Joriy yilning 5-11 avgust kunlari Kanadaning Monreal shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilgan «Rogers Cup» an’anaviy xalqaro turnirining yakkalik bahslarida ispaniyalik Rafael Nadal bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida Rafael Nadal kanadalik Milosh Raonichni ikki set yakuniga ko‘ra 6-2, 6-2 natijasi bilan mag‘lub etdi.

Mukofot jamg‘armasi 3.496.085 dollarni tashkil qilgan mazkur nufuzli turnirda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin har qachongidan-da muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Birinchi bosqichda serbiyalik Yanko Tipsarevichni (dunyo tennis tasnifida 19-o‘rinda) 6-4, 6-3 hisobida yengan hamyurtimiz, ikkinchi bosqichda kanadalik Filip Pelivodan 6-3, 3-6, 6-3 hisobida ustun keldi. Nimchorak finalda Denis Istomin dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich (Serbiya)ga ro‘baro‘ keldi. Birinchi setni 6-2 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Denis, qolgan ikki partiyada bir xil 4-6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yana o‘qing:  Iqboli porloq yoshlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: