Mutolaa – eng yaxshi hordiq
Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlarini maroqli va mazmunli tashkil etish maqsadida “O‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish Konsepsiyasi”ni amaliyotga joriy etdi.
Unga ko‘ra, umumta’lim maktablari qoshida kunduzgi oromgohlar, sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilib, ijodiy va sport to‘garaklari o‘tkaziladi. O‘quvchilar ta’til vaqtlarida kitob mutolaa qilishlari uchun respublikadagi barcha 9628 ta maktab kutubxonasi va 211 ta Axborot-resurs markazlari to‘liq faoliyat ko‘rsatadi.
Joriy yilda 206 ta statsionar oromgohlarda 153 ming 189 nafar, 978 ta kunduzgi oromgohlarda 148 ming 400 nafar bolalar va “Yoz – 2018” Konsepsiyasi doirasida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlariga qariyb 3,2 million nafar bola qamrab olinadi.