Mental arifmetika bolaning aqliy rivojlanishiga ta’sir qiladi(mi?)

Farzandining vunderkind bo‘lib voyaga yetishini istamagan ota-ona bo‘lmasa kerak. Shu maqsadda ko‘pchilik farzandlarini erta yoshdanoq turli o‘quv mashg‘ulotlariga olib borishadi.

Hozirgi kunda keng tarqalib borayotgan ana shunday o‘quv metodlaridan biri mental arifmetikadir. Tabiiy savol tug‘iladi, xo‘sh, mental arifmetika o‘zi nima? U bolaning aqliy rivojlanishiga chindan ham yordam beradimi yoki bu shunchaki oddiy ta’lim metodlaridan birimi? Bu kabi savollar ko‘pgina ota-onalarni o‘ylantirishi tabiiy.

Fan sifatida mental arifmetika bundan ikki ming yil ilgari Yaponiyada paydo bo‘lgan. Bu usul miyaning har ikkala yarim sharini rivojlantirish maqsadida o‘ylab topilgan. Bir qarashda xayolotga yaqindek tuyulishi mumkin, ammo ushbu ta’limning rivojlanishi fantastika emasligini isbotladi. Bolalarning aniq bir metodika bilan shug‘ullanishlari natijasida ularning xotirasi mustahkamlanib, diqqatining oshgani, ongdagi turli xil matematik hisob-kitoblarni ishlab chiqarish qobiliyatining tez sur’atlarda amalga oshirilishi, hatto, olimlarning ham hayratiga sabab bo‘ldi.

 

Nima sababdan mental arifmetika deb nomlanadi?

Bu o‘ziga xos dastur bo‘lib, u insonning intellektual hamda ijodiy faoliyatini rivojlantirishga imkon yaratadi. Bu orqali maxsus hisoblarni miyada bajarish osonlashadi. Ushbu metodda ta’lim olish yoshi 4 yoshdan 16 yoshgacha etib belgilangan. Bugungi kunda miyaning har ikkala yarim sharini rivojlantiruvchi ushbu usul dunyoning 52 davlatida qo‘llaniladi.

 

Uni o‘rganish orqali nimaga erishish mumkin?

 

Ushbu arifmetikani o‘zlashtirish orqali ijodiy fikrlash rivojlanadi, bola nostandart bo‘lmagan vaziyatlarda yagona haqiqiy yechimni topishni o‘rganadi. Fikrlash jarayonlari ongli bo‘lib, rivojlangan xotiraga tayanadi.

Bolalarning ijodiy qobiliyati oldinga chiqadi (bu faqat matematik ma’lumotlarga tegishli bo‘lmay, boshqa sohalarda ham namoyon bo‘ladi).

Sinf xonasida o‘tishga mo‘ljallangan bu kabi mashg‘ulotlar hamma vaqt ham mental hisob-kitobga asoslanmaydi. Bunda bolalar bir-biri bilan o‘zaro muloqot qilish, raqs tushish va qo‘shiq aytishga o‘rgatiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu turdagi barcha mashg‘ulotlar asosida miyaning har ikkala yarim sharlarini doimiy rivojlanishi kuzatiladi. Bolalar uchun aqliy arifmetikaning asoslarini o‘rgatish ularning fikrlashlariga o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatadi. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, bu kabi mashg‘ulotlar mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi lozim.

 

Xurshida TOLIPOVA

Yana o‘qing:  Global tahdid: jahon hamjamiyati birlikda kurashmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: