YOSHLAR ko‘rgazmasi ochildi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi va BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligida 12 avgust – Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi.

BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan 2000 yildan buyon 12 avgust Xalqaro yoshlar kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Bu yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, avlodlar va madaniyatlar o‘rtasidagi birdamlikni yanada mustahkamlash, yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Ko‘rgazmada «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi loyihalari», «Biz – 22 yoshdamiz!», «Men va mening hayotim» yo‘nalishlari bo‘yicha saralab olingan ikki yuzga yaqin fotosurat namoyish etilmoqda. Ularda yoshlar hayoti, o‘qishi va faoliyati, ijtimoiy-siyosiy tadbirlardagi ishtiroki, ulkan yutuqlari turfa janr va uslublarda aks ettirilgan.

Shu kuni BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida BMT resurs xonasi ham ochildi.

Yangi resurs markazi aholi va kitobxonlarga BMTning O‘zbekistondagi faoliyatiga oid yangiliklar, turli manbalar, loyihalar, das­turlar va uslubiy qo‘llanmalar bazasidan foydalanish uchun yanada qulay sharoit yaratadi.

Feruza Hayitboyeva

Yana o‘qing:  “Yagona darcha” markazlari hokimiyatlardan Adliya vazirligiga o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: