Hikmat oynasi

Bola va tarbiya so‘zi bir-biriga bog‘liq tushuncha bo‘lib, tarbiya bolani voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g‘amxo‘rlikdir. Tarbiya jarayonida bolaga biror bir xislat yoki fazilatni singdirish mumkin.

Tarbiya deb atalmish go‘zal fazilatni doimo o‘ziga libos deb bilganlar orasida afsuski, maqsadi yo‘q, tanballik, bezorilik iskanjasida qolganlar ham bor. Ular ma’naviy xasta, ruhiyati zarur ozuqa olmagan kimsalar.

Mabodo inson yomonlikdan qaytib, yaxshilikka yuzlansa, qalbiga bir yorug‘lik inadi. Jismida yomon odatlarga qarshi kuchli immunitet vujudga keladi. Xastalikdan qutuladi. Qiyofasi ko‘rkam tusga keladi. Ko‘rinib turibdiki, insonning ruh tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori kuchli bo‘lishi, ya’ni avvalo bola ruhiyatini tarbiyalashimiz zarur.

Ota-ona o‘z farzandiga xolis maslahat bera olish uchun mas’ul hisoblanar ekan, ular jigarbandining dunyoqarashini shakllantirib borishi maqsadga muvofiqdir. Aks holda bola tarbiyasida bo‘shliq kuzatiladi. Natijada u nafaqat oilaga, balki jamiyatga zarar keltiradi.

Yaqinda bir holatning guvohi bo‘ldim. Avtobusda bir ona-bola o‘rtasida savol-javob ketyapti. Bolakay atrofdagilarga e’tibor bermay, onasiga o‘zini qiziqtirgan ko‘plab savollarini berar, onasi ham erinmasdan javob qaytarardi. Boshqa bir bola onasidan nimanidir so‘radi. Onasi bir imlab ko‘ydi-da, “Jim, jim o‘tir, avtobusda gapirmaydi”, – dedi. Bu tanbehga bolaning ko‘nmay iloji yo‘q edi. Halqimizda bolaga bunday munosabatda bo‘lish ko‘p uchraydi. Bola avtobusda gapirmasa, do‘konda gapirmasa, mehmon kelsa gapirmasa, uning nutqi qachon o‘sadi, savollariga qachon javob oladi? Dunyoqarashi torayib qolmaydimi? Odamlar boshqacha qarashidan yoki ko‘z tegib qolishidan qo‘rqamizmi? To‘g‘rirog‘i, boshimizni qotirgimiz kelmaydi.

Tarbiya haqida so‘z ketganda, negadir hammaning ko‘z oldiga bolalar keladi. Albatta, tarbiya bolaning ona qornidaligidan boshlanadi. Lekin, afsuski, ba’zi ota-onalarning o‘zlari tarbiyaga muhtoj .

Inson umri davomida Yaratgandan nelarni tilamaydi. Birinchi navbatda ota-onalar farzandi yaxshi inson bo‘lishini istaydi.

Chilonzor tumani “Do‘stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Sultonmurod ota o‘z nabiralari haqida gapirayotib, boladay zavqlanib ketadi.

To‘rt o‘g‘il, bir qiz. Hammasi ilmli. Nevaralarim jamlansa, o‘n yoshga yashargandek bo‘laman. Ular bilan gaplashib, tashvishlarni unutaman, — deydi. Turmush o‘rtoqlari Munisa aya ham bu gapni ma’qullaydilar.

– Agar har tomonlama farzandiga ibrat ko‘rsata olsa, og‘zaki chaqiriqlarga hojat qolmaydi. Axir, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi-da”. Bizlar esa nabiralarga qadriyatlarimiz, udumlarimiz haqida ko‘proq tushunchalar berishimiz kerak, deydi Munisa aya.

Yana o‘qing:  Hamisha bedor va sergak shifokorlar

Afsuski, farzandiga o‘z vaqtida tarbiya bera olmay, turli muammolarga duch kelib qolgan oilalar ham bor. Hayotning eng qiyin daqiqalarida muammolar yechimini zo‘r berib o‘ylagandan ko‘ra, bolalarga tarbiya berishni o‘z vaqtida boshlasak bo‘lmaydimi?

“Mehr bersang – mehr ko‘rasan” degan naql bejizga aytilmagan. Farzandni dunyoga keltirib, bor mehrini berib ulg‘aytirgan ona vaqti kelib, o‘z bolasidan albatta mehr ko‘radi. Aksi bo‘lsa, bundan ortiq fojia yo‘k.

Ha, tarbiya-saodatga eltuvchi tengsiz vosita. Usiz haqiqiy baxtga erishib bo‘lmaydi. Bola misoli bir nihol. Endigina o‘sib, bo‘y cho‘zayotgan navnihollarga befarq bo‘lmayli!

 

Nigora RAHMON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: